NeoPersona

Elevator Pitch

⚠️ Biroz kuting, boshlanish sekin bo'lishi mumkin.

NeoPersona Prezident Tech Award Uchun Speach Ssenariy Kirish Assalamu alaykum, hurmatli hakamlar, aziz tinglovchilar! Tasavvur qiling siz hozir uchrashuvdasiz. Lekin, bu yerda yo‘qsiz. Biroq sizning ovozingiz, yuz ifodangiz, hattoki o‘ylash uslubingiz bu yerda. U sizning NeoPersona kloningiz. Muammo Bugungi tezkor dunyoda har joyda o‘zimiz bo‘la olmaymiz. Biz bandmiz darsda, ishlarda, safarda, ba’zida esa ruhiy holda yo‘qmiz. Ammo inson o‘rnini hech narsa bosa olmaydi, to'g'rimi? Yechim Shu sababli biz NeoPersona’ni yaratdik bu sizning sun’iy ongli, real vaqtli raqamli kloningiz. NeoPersona: - Sizning ovoz ohangingizni klonlaydi - Yuzingiz va mimikangizni jonlantiradi - Siz kabi fikr yuritadi va eslaydi Va eng muhimi siz bo‘lmaganingizda ham sizni ifodalaydi. Texnologiyasi Ilova Web, Android va iOS uchun tayyorlangan. Foydalanuvchi: 1. Ovozini yozadi 2. Surat/video yuklaydi 3. O‘z odatlari haqida javob beradi Keyin esa klon o‘rganadi, gapiradi, reagirlaydi va xotirasini rivojlantiradi. Bularning barchasi: - ElevenLabs va D-ID kabi AI xizmatlar - WebSocket asosida real vaqtli chat - Shifrlangan xotira bilan amalga oshadi. Foyda va Kelajak NeoPersona: - Siz o‘rniga uchrashuvga qatnashadi - Esdaliklaringizni eslaydi - Shaxsiy AI yordamchi bo‘ladi - O‘zingizga maslahatchi sifatida xizmat qiladi Kelajakda esa kloningiz boshqa klonlar bilan gaplashadi, qaror qabul qiladi va sizning AI vakilingizga aylanadi. Yakun 🧠 Muhim eslatma SelfCloner loyihasi haqida Hurmatli hakamlar! Sizga kichik, ammo muhim bir eslatmani taqdim etmoqchimiz. Hozirgi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Biroq, siz ham yaxshi bilasizki, bunday yirik texnologik loyihalarni 0$ balans bilan to‘liq yakunlash deyarli imkonsizdir. SelfCloner bu insonning ovozi, yuzi, odatlari va fikrlash tarziga asoslangan raqamli “egizak”ini yaratishga qaratilgan keng qamrovli loyiha. Bugungi kunga kelib, loyiha asosiy funksiyalari tayyorlangan bo‘lsa-da, ayrim qismlarini vaqtincha mavjud pullik AI xizmatlari yordamida ishga tushirishga majbur bo‘lmoqdamiz. Bizning asl niyatimiz hech bir tashqi servisga bog‘liq bo‘lmagan, to‘liq mahalliy texnologiyalarga asoslangan, O‘zbekistonning o‘ziga xos: AI modeli, TTS (matndan ovozga aylantirish), FaceClone (yuz raqamlashtirish), VoiceClone (ovoz kloni), va MindCloner (fikr modeli) kabi tizimlarini nol (0) dan o‘zimiz ishlab chiqishdir. Bu loyiha nafaqat texnologik jihatdan, balki O‘zbekistonning AI sohasidagi mustaqilligini taʼminlash yo‘lida ham muhim qadamlardan biri bo‘ladi. NeoPersona bu shunchaki texnologiya emas bu sizning raqamli uzviyligingiz. Bugungi tanlovda biz siz bilan bu kelajakni boshlashni istaymiz. Va esda tuting: “Siz yo‘q bo‘ganingizda, NeoPersona bor.” Rahmat!